Mobil konstruksiyali koʻchma kitob doʻkonlari

0
167
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tashabbusi bilan respublika hududlarida hamyonbop narxda savdo yuritiluvchi ixcham kitob doʻkonlari oʻrnatiladi. Birinchi bosqichda Toshkent shahrining 20 ta bozorida shunday turdagi kitob doʻkonlarini joylashtirish rejalashtirilgan.

“Oʻzdavkitobsavdotaʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamkorligida yoʻlga qoʻyilgan ushbu loyihaning afzalligi uning  mobil konstruksiyasidir. Bu doʻkonni istalgan vaqtda boshqa joyga oson koʻchirish va yigʻish mumkin.

Umumxalq bayramlari, ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan sayilgohlar va aholi gavjum boʻlgan boshqa joylarda hududiy hokimlik vakillari bilan kelishilgan holda oʻrnatiladi.

“Kitob doʻkoni koʻchma boʻlgani sababli yerga egalik huquqi berilmaydi va kadastr hujjatlari talab qilinmaydi, – deydi “Oʻzdavkitobsavdotaʼminot” MCHJ direktori Shahzod Nazarov. – Soliq organlaridan roʻyxatdan oʻtkazilib, kassa apparatlari va terminallar oʻrnatiladi, xolos”.

Poytaxtning har bir tumanida va viloyat markazlarida – jami 250 ta doʻkon joylashtiriladi. Shundan 50 tasi 2019 yil oxiriga qadar oʻrnatiladi. Hozir Shayxontohur tumanida (“Oʻzbekiston” nashriyoti oldida) va Olmazor tumanida (Tansiqboyev bozori qarshisida) namunaviy turdagi doʻkonlar faoliyat olib bormoqda.

Zamonaviy dizaynga ega mazkur doʻkon peshtaxtalaridan davlat va xususiy nashriyotlarda chop etilgan, davlat standartlariga javob beradigan, saviyali va mazmunli kitoblar oʻrin oladi.

▪️ 2500 tagacha kitob joylashtiriladi.

▪️ haftada 6 kun, soat 9:00 dan 20:00 gacha ishlaydi.

▪️ savdolar naqd, terminal, shartnoma asosida amalga oshiriladi.

▪️ doʻkonda kitobdan tashqari 200 turdan ortiq davriy matbuot nashrlarini oʻz ichiga olgan savdo burchagi tashkil etiladi.

Hofiza Karimova,

Toshkent shahar “Bilim” axborot  kutubxona markazi direktori 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.