Mobil sayyor davlat xizmatlari

0
180
marta koʻrilgan.

Aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolar dardini eshitish va muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi maxsus texnika bilan jihozlangan avtobus va «Damas»larda eng chekka hududlarga borib, keng qamrovli davlat xizmatlari koʻrsatib kelmoqda. 

Urganch tumani “Begobod” qishlogʻi “Oqyop” mahallasi aholisiga anʼanaviy “Mobil sayyor davlat xizmatlari” tadbirida 100 tadan ortiq Davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Urganch tumanida 193 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Markaz tomonidan fuqarolarga hamda  tadbirkorlik subyektlariga oʻtgan 2018 yilda 33 ming  davlat xizmati koʻrsatilgan boʻlib,  2019 yilning oʻtgan 9 oyi davomida esa ushbu xizmatlar koʻrsatkichi 57 mingtaga yetdi. Jumladan, tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish boʻyicha qilingan murojaatlar 1600 tani tashkil etdi.

Albatta, odamlarning mushkulini oson qiladigan, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan bu tizim xalqimizga katta qulaylik yaratmoqda. Zero, bizning maqsadimiz xalqqa qulay, shaffof va tezkor xizmatalar koʻrsatishdir.

Maftuna Roʻzimatova,

Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati

boshqarmasi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari

bilan aloqalar shoʻbasi yetakchi maslahatchisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.