Moskva shahridagi “Maxima stables” ot sporti klubida 28-31 oktyabr kunlari konkur yoʻnalishi boʻyicha xalqaro musobaqalar oʻtkazildi. Xalqaro bellashuvdan yurtimiz chavandozlari yorugʻ yuz bilan qaytadigan boʻlishdi.
Musobaqaning birinchi kunida yosh sportchimiz Boburjon Valijonov “Lady” laqabli otda toʻsiqlar balandligi 100 sm boʻlgan yoʻnalishda gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bobur Valijonov 110 sm balandlikdagi toʻsiqlar dasturida ham eng yaxshi natijani qayd etib, birinchi oʻringa sazovor boʻldi.
Ikkinchi kungi bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Umid Komilov Yevrosiyo ligasi Jahon kubogi finalida 150 sm balandlikdagi toʻsiqlardan oʻtish dasturida “Numbero Uno Rafael” laqabli otda gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. “Las-Vegas” otida ishtirok etgan Seregy Petrov kumush medal bilan taqdirlangan boʻlsa, “Kuarendji” tulpori Natalya Semyonovaga bronza medalini keltirdi.
J. Saʼdullayev tayyorladi.