Muhammad al-Xorazmiy tavalludining 1235 yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya

0
195
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida tashkil etilgan konferensiyada dunyoning oʻnga yaqin mamlakatidan va yurtimizning turli viloyatlaridan kelgan olimlar, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etmoqda. 

Unda telekommunikatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining iqtisodiyotimiz rivojlanishidagi roli, muammolari va ularning yechimlari, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va xavfsizligi masalalari koʻrib chiqilmoqda. 

Konferensiya doirasida seminarlar tashkil etilib, elektron tijorat, «Elektron hukumat» tizimini joriy qilish va rivojlantirish borasida axborot texnologiyalaridan foydalanish, «Axborot kutubxonasi va arxivlar» yoʻnalishining innovatsion rivojlanishi, ixtisoslashtirilgan dasturiy va apparat ishlanmalaridan iqtisodiyotning real tarmoqlarida foydalanish, axborot xavfsizligi muammolari, «aqlli» va «xavfsiz» uylarni loyihalashtirish hamda zamonaviy pedagogika axborot texnologiyalari boʻyicha original tadqiqotlar oʻrganiladi. 

 
Shuningdek, telekommunikatsiya tizimlari, raqamli televideniye, radio, simsiz aloqa texnologiyalari, radiotexnika rivojlanishi istiqbollari haqida fikr yuritiladi. Axborot texnologiyalari uchun nazariy asosni taʼminlovchi analitik materiallar va ilmiy ishlar muhokama qilinadi. 
 
Mohigul QOSIMOVA, OʻzA
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.