Muhriddin Tilovov Almada Gran-prisi chempioni oltin medal bilan yakunladi!

0
220
marta koʻrilgan.

Portugaliyaning Almada shahrida  oʻtayotgan dzyudo boʻyicha Gran-pri musobaqasining 1-kuni yakuniga yetdi. Unda qatnashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi kunni 1 ta oltin medal bilan tugatdi.

-66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muhriddin Tilovov kun qahramoniga aylandi. Qashqadaryolik polvonimiz  bellashuvdagi  barchani, hatto finalda ikki karra Olimpiada sovrindori koreyalik An Baulni ham dogʻda qoldirdi.

Afsuski, -57 kg vazn toifasida bronza medali uchun boʻlayotgan bahsda Nilufar Ermaganbetova britaniyalik Nekoda Smit-Devisga yutuqni boy berdi.

J. SAʼDULLAYEV

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.