Shu kunlarda mamlakatimizning barcha viloyatu tumanlarida eng aziz, eng ulugʻ bayramimiz shukuhi kezib, xalqimizning quvonchiga quvonch ulashmoqda.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 23 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni asosida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan, xalqimiz farovonligini taʼminlash, yosh avlodni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalashda alohida fidoyilik koʻrsatayotgan bir guruh yurtdoshlarimizga “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi.
“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoniga sazovar boʻlganlar safida Xorazmlik yurtdoshlarimiz ham bor. Bugun ularga davlatimizning yuksak eʼtirofi yetkazildi.
Mamlakatimizda yangi demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yoʻlida oʻtgan davrda amalga oshirilgan ulkan ishlar, erishilgan yuksak natijalarga qoʻshgan hissasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshligʻi Dilbarjon Zaripovna Bekchanova va «Xorazm haqiqati» gazetasi bosh muharriri Soliyajon Raximberganova ham «Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
Kasbdoshlarimizni yuksak eʼtirof bilan qutlaymiz! Ezguliklar, yaxshiliklar bardavom boʻlishida tilakdoshmiz!
GUJUM.UZ