Mustaqqillik farzandi – Oʻgʻilnur Atayevaning yulduzli onlari!

0
422
marta koʻrilgan.

 Oʻzbekiston mustaqqiligining 30 yilligi nishonlanadigan ushbu ulugʻvor yilda xorazmlik   yosh muallima yigirma olti yoshli  muallima Oʻgʻilnur uchun  juda omadli va samarali yil boʻldi.  Qator-qator eʼtiroflarni eshitish nasib etdi.

“Intilganga tole yor” degan xalqimizning iborasi bejiz emas. Ota –onasi uni tugʻilganida “oʻgʻilning oʻrnini bossin” deya ezgu- niyatlar bilan Oʻgʻilnur deya atagani ham beiz ketmadi.

Avvalroq, Oʻgʻilnur Atayeva ushbu yil Qozogʻicton Respublikasining Nursulton shahrida MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021” Xalqaro tanlovida 14 ta mamlakat ichida chet tillarni oʻrgatish yoʻnalishida yozgan qoʻllanmasi birinchi oʻringa loyiq koʻrilib, oltin medal bilan taqdirlangani va Misr davlatida 2-4 iyun kunlari boʻlib oʻtadigan adabiy anjumanga yoʻllanmani qoʻlga kiritgani haqida  xabar bergan edik.

Atigi ikki yillik pedogogik stajga ega yoshgina muallima yana ushbu yilda  “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonini olib, ustoz degan ulugʻvor nomga ham sazovor boʻldi.

Uning bu yilgi yana bir goʻzal yutugʻi 6-9 avgust kunlari Turkiya davlatining Istanbul shahrida oʻtkazilgan «Turkiyada II-Adabiyot kunlari-2021» anjumanida (”KIBATEK INTERNATİONAL LİTERATURE PRİZE-2021») mukofoti sohibasi boʻldi.

Ushbu mukofot har 2 yilda bir marta xalqaro miqyosida asarlari nashr qilingan eng yaxshi kitob mualliflariga taqdim qilinadi. Ushbu nufuzli mukofot KIBATEK tashkiloti vitse prezidenti Leyla Isik tomonidan topshirildi.

Ushbu mukofotga Turkiyaning “Artshop” nashriyoti tomonidan turk tilida ming nusxada nashrdan chiqqan «Chinorimsan, Vatanim» nomli kitobi uchun sazovor boʻldi. Uning ushbu kitobida shunday fikrlar mavjud: «Vatanimni chinorga qiyoslayman, Chinor mahobatli boʻlgani uchun buyuk emas. Chinor uzoq umr koʻrgani uchun ham buyuk emas. Chinor, qanday shamol esishidan, qachon esishidan, qayoqqa qarab esishidan qatʼiy nazar, qilt etmay turgani uchun buyukdir”.

Shuni takidlash kerakki Oʻgʻilnurning ushbu asari xorij tilida chop etilgan birinchi kitob emas. Turk tilidan tashqari rus, inglis, nemis tillarida ham asarlari chop etilgan.

 AQSHning Amazona shtatida chop etilgan “Parvoz qil yurak” kitobi ushbu yil iyul oyida Oʻzbekistonga yetib keldi.

–  Raʼno opa, bugun chin maʼnoda xursandman. Nihoyat, AQSHdan, kitobim Oʻzbekistonimga keldi. AQSHning “Amazon Press In”  nashriyotida “Parvoz qil yurak”  ilk sheʼriy toʻplamim nashr qilindi. Ming nusxada chop etilgan ushbu kitobim AQSHdan tashqari “Amazon Press In” nashriyotining turli qitʼalardagi boʻlimlarida ham sotilmoqda. Quyidagi linklardan koʻrishingiz mumkin. – deya quvonch bilan xabar yoʻllaydi Oʻgʻilnur meni telegrammimga. – Atrofimdagi barcha yaxshi insonlardan minnatdorman. Omad kelsa qoʻsha-qoʻsha keladi deganlari shuda!

Darhaqiqat, omadning oʻzi kelmaydi, uning ortida sermashaqqat mehnat mujassam! Eng chiroyli amallarldan yana biri oʻzbek qizining ushbu kitobi “Amazon Press In” nashriyotining boʻlimlari mavjud boʻlgan Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Kanada, Avtraliya, Ispaniya kabi mamlakatlarda ham sotilayotganligidir.

– Ushbu kitoblarim mustaqilligimizning 30 yilligiga bagʻishlangan. Men esa  yutuqlarimni  Vatanimiz mustaqqilligining va yurtimizda yoshlarga berilayotgan eʼtibor-u imtiyozlarning sharofatidan deya bilaman, – deydi Oʻgʻilnur Atayeva.

Men Xorazm viloyatining eng chekka Guliston qishlogʻida koʻp bora boʻlganman. Bugungi kunda ushbu maskan obod qishloqlardan biri hisoblanadi. Germaniya davlati bilan hamkorlikda toza ichimlik suvi bilan taʼminlangan. Yoshlarning iqtidorini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan  ulugʻvor Madaniyat saroyi ishga tushganiga uch yil boʻldi. Unda kutubxonadan tortib bolalarni hunar-u ilmga oʻrgatadigan barcha toʻgarak-u kurslar mavjud. Obod qishloqlardan koʻngli obod  insonlar yetishib chiqishini  tabiiy. Buning isbotini Oʻgʻilnur Atayeva misolida koʻrib turibmiz. 

Soʻzimiz xotimasida  yulduzli onlaringga yulduzli onlar qoʻshilaversin, mastaqillik voyaga yetkazgan yurt farzandi, Oʻgʻilnur deymiz!

Raʼno ZARIPOVA, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.