Nadiya Dusanovadan navbatdagi oltin medal!

0
104
marta koʻrilgan.

Kecha yengil atletikachimiz Nadiya Dusanova Chexiyadagi musobaqada ishtirok etib yana bir yutuqqa erishdi. 

Balandlikka sakrash bahslarida ishtirok etadigan Nadiya kecha Brno shahrida oʻtkazilgan xalqaro turnirda qatnashdi. Turnirda dunyoning Chexiya, Belorus, Ukraina, Lyuksemburg, Oʻzbekiston, Italiya, Polsha, Chernogoriya va Xorvatiya kabi mamlakatlardan kuchli sportchilar oʻz omadlarini sinab koʻrdilar. 
 
Quvonarlisi, ushbu turnirda Osiyoning uch karra chempioni hisoblangan oʻzbekistonlik sportchi Nadiya Dusanova 192 sm balandlikni zabt etib, turnirdagi eng yaxshi natijani koʻrsata oldi. Undan keyin oʻrinlarni 190 sm natija koʻrsatgan chernogoriyalik Mariya Vukovich egalladi. Uchinchi oʻrin esa 186 sm ga sakragan mezbonlar vakili Lada Peychalovaga nasib qildi.
 
Endi Nadiya Dusanova ertaga Fransiyada oʻtkaziladigan musobaqada ishtirok etadi.
 
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.