Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Namangan shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Davlatimiz rahbari 2020 yil sentyabr oyidan buyon Namangan viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Shavkat Abdurazoqov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi. Deputatlar nomzodni Namangan viloyatining hokimi etib tasdiqladi.

Xalq deputatlari kengashining sessiyasida Namangan viloyatini har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari bu boradagi tegishli vazifalarni belgilab berdi. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan viloyatga 60 million dollar ajratilishi aytildi. 2021-2022 yillarda umumiy qiymati 23,7 trillion soʻmlik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi qayd etildi. Ushbu 1 ming 728 ta loyiha orqali 66 mingdan ziyod ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.