Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Norin tumani hokimiyatida viloyat faollari, hokimlar, sektorlar rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Davlatimiz rahbari Namangan viloyatida aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish mamlakatimizdagi oʻrtacha koʻrsatkichdan bir necha barobar pastligi, ayrim tumanlarda sanoat korxonalari umuman yoʻqligini tanqid qildi.
Tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, aholiga daromad manbalari yaratib berish, xususan, qariyb 60 ming ish oʻrni yaratish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilganini maʼlum qildi.
Qayd etilgan masalalar boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.