Namangan xalqaro aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

0
57
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish loyihasi bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Fargʻona vodiysidan mamlakatimiz vohalariga dovon orqali oʻtiladi. Poyezd qatnovlari hamma yoʻnalishlarda ham emas. Shu bois mazkur aeroport infratuzilmasini yangilashni hayotning oʻzi taqozo qilmoqda. Bu tadbirkorlik, transport xizmatlari va turizm rivojiga katta turtki beradi.

Loyiha doirasida yuk terminali, keytering, yonilgʻi quyish majmuasi va boshqa xoʻjalik binolari qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, aeroportning yoʻlovchi terminali quvvati soatiga 1 ming nafarga yetkaziladi. Yuk terminali tadbirkorlik, eksport va tranzit salohiyatini oshiradi. 

Shu bilan birga, maxsus servis texnikalari parki yangilanadi. Bu istalgan turdagi samolyotlarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish imkonini yaratadi.

Davlatimiz rahbari aeroportning samaradorligini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Mahalliy va xalqaro reyslarni koʻpaytirish, logistika imkoniyatlaridan toʻla foydalanish zarurligini taʼkidladi. Chiptalar narxini aholiga qulay qilish asosiy vazifa etib qoʻyildi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.