Namanganda boʻlib oʻtgan kichik oʻsmirlar va qizlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida 2007-2008 yillarda tugʻilgan yosh sambochilar qatnashdi.
Musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan 400 nafardan ziyod yosh sambochi sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi. Namangandagi «Pahlavon» sport majmuasi mezbonlik qilgan bellashuvlarning 10 ta vazn toifasida oʻgʻil bolalar, yana 10 ta vazn toifasida esa qizlar bellashadilar.
Bu musobaqa orqali murabbiylar vatanimizda oʻtkaziladigan nufuzli musobaqa uchun saralash ishlarini ham olib borishdi. Mazkur yosh toifasidagi sambochilar 2025 yilgi Toshkent mezbonlik qiladigan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlarida ham ishtirok etadilar.
Qizgʻin kechgan bellashuvlar yakuniga koʻra, kichik oʻsmirlar oʻrtasida musobaqaning oltin medallari quyidagi sportchilarga nasib etdi:
-35 kg: Roxatillayev Timur (Andijon)
-38 kg: Mamasidiqov Mirodil (Andijon)
-42 kg: Xudoyberganov Neʼmat (Xorazm)
-46 kg: Yusufjonov Muhammad (Andijon)
-50 kg: Isomiddinov Hasan (Toshkent viloyati)
-54 kg: Olimjonov Hayotbek (Andijon)
-59 kg: Karimov Muhammadamin (Andijon)
-65 kg: Kozimov Davlat (Samarqand)
-71 kg: Shermahmatov Mustafo (Qashqadaryo)
+71 kg: Yuldashev Botir (Toshkent viloyati).
Qizlar oʻrtasidagi bellashuvlarning chempionlari bilan tanishing:
-34 kg: Bektursinova Qunduz (Qoraqalpogʻiston)
-37 kg: Tohirjonova Nozima (Namangan)
-40 kg: Abduqodirova Muslima (Namangan)
-43 kg: Eshboyeva Muxlisa (Qashqadaryo)
-47 kg: Abdurahimova Mushtariy (Jizzax)
-51 kg: Xudaybergenova Ayzada (Qoraqalpogʻiston)
-55 kg: Berkinbayeva Nurjamol (Qoraqalpogʻiston)
-59 kg: Ashurmatova Mehribon (Toshkent viloyati)
-65 kg: Hakimjonova Muazzam (Namangan)
+65 kg: Afzalova Mushtariybegim (Buxoro).
Oʻsmirlarimizga kelajakda yurt bayrogʻini baland koʻtarishlarida tilakdoshmiz.
Gujum. uz