Nanda MONTEIKO: Sharq xalqlarining epik sanʼati juda boy va rang-barang

0
139
marta koʻrilgan.
 
Nanda MONTEIKO, “The Holland Times” gazetasi muxbiri (Niderlandiya):
 
– Oʻzbekistonda oʻtadigan festivallar dovrugʻi dunyoga mashhur. “Sharq taronalari” musiqa festivali va Xalqaro maqom sanʼati anjumani haqida maqolalar yozganman. Bundan tashqari, musiqa festivallarida ekspert sifatida ishtirok etaman. Shu bois Oʻzbekiston elchixonasi Xalqaro baxshichilik sanʼati festivaliga taklif etganida bajonidil rozi boʻldim. 
 
Sharq xalqlarining epik sanʼati juda boy va rang-barang. Oʻtgan yili Ozarbayjonda oʻtgan festivalda qatnashganimda Oʻzbekistonda sanʼatning noyob turlarini asrab-avaylash, uni targʻib etish, yosh avlodni mumtoz navolarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta eʼtibor koʻrsatilayotgani haqida eshitgan edim. Quvonarlisi, yurtingizga tashrifim davomida bularni oʻz koʻzim bilan koʻrib, milliy sanʼatingiz durdonalaridan bahra olaman.
 
Manbaa: OʻzA
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.