Navoiy shahridagi Sanʼat galereyasida 2021 yil – Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili munosabati bilan «Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik» shiori ostidagi tasviriy va amaliy sanʼat festivaliga start berildi.
Viloyat hokimligi, Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oʻzbekiston badiiy akademiyasi viloyat boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan festivalda Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolari N.Qodirov va Sh.Choriyev tomonidan Navoiy shahri hamda Nurota tumanida yosh rassomlarga mahorat darslari oʻtkaziladi.
Festival doirasida shuningdek, yosh moʻyqalam sohiblarining tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmasi tashkil etiladi.
Festival 3 kun davom etadi.