Toshkent shahar hokimligining majlislar zalida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida oʻtkazilgan insholar tanlovi gʻoliblarini taqdirlash tadbiri boʻlib oʻtdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligining tegishli nizomiga asosan, Toshkent shahrida ham “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida insholar tanlovi ikki bosqichda boʻlib oʻtdi.
Tuman (shahar)lardagi maktablar, litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida 1-bosqich oʻtkazilgan boʻlsa, 2-bosqich esa oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida tashkil etildi.
Malakali hakamlar hayʼati tomonidan baholangan tanlov gʻoliblariga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi kotibiyati mudiri A. Kasimov gʻoliblarni 2023 yil – Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili deb nomlanganligi bilan tabriklab, oʻqishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Manbaa: Korrupsiyaga qarshi kurashish Toshkent shahar kengashining telegram guruhi