“Nihol” mukofoti tanlovining hududiy bosqichlari boʻlib oʻtmoqda

0
359
marta koʻrilgan.

Ayni kunlarda «Nihol-2021» anʼanaviy  Respublika tanlovining hududiy saralash bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Joriy yilning 1-2 iyul kunlari navbatdagi «Nihol-2021» Respublika tanlovining Toshkent shahar saralash bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda 5 ta yoʻnalishdan poytaxtning eng kuchli va isteʼdodli yoshlaridan 62 nafari bellashib, Respublika bosqichiga qatnashish uchun hakamlar hayʼati tomonidan saralandilar.

Shuningdek, yosh istedodlar uchun tashkil etilgan “Nihol2021” mukofoti tanlovining   hududiy saralash bosqichi va taqdirlash marosimi Urganch shahridagi “Amir Temur madaniyat va istirohat bogʻi”da joylashgan “Yoshlar markazi” binosida  qarantin qoidalariga rioya qilgan holda ochiq havoda oʻtkazildi.

Bugungi kungacha Xorazm viloyatidan 15 nafar isteʼdodli ijodkorlar ushbu nufuzli mukofot sohibi boʻlishdi. Shundan, 2 nafari opera, 1 nafari raqs, 2 nafari musiqa ijrochiligi, 4 nafari estrada va 6 nafari mumtoz qoʻshiq yoʻnalishlarida taqdirlanganlar. 

Tanlov jarayonlarida viloyatdagi umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari oʻqituvchi va oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalari talabalari hamda erkin ijodkor yoshlardan iborat 215 nafar ishtirokchilar qamrab olinib, hakamlar hayʼati xulosalariga koʻra, shundan, 64 nafari tanlovning viloyat saralash bosqichiga tavsiya etildi.

Hakamlar hayʼati hulosasiga koʻra, 13 nafar yoshlar joriy yil iyul-avgust oylarida oʻtkaziladigan Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritib, diplom hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.