Kanoechimiz Nilufar Zokirova Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini boshladi. U 200 metrga kechgan saralash bosqichidagi birinchi startini yakunladi.
Birinchi guruhda startga chiqqan Zokirova 49.686 soniya natija bilan oʻz guruhida 6-natija qayd etdi. Endi u yarim final uchun kurashni davom ettiradi.
Eslatib oʻtamiz, Nilufar Zokirova kanoe sportida Olimpiya oʻyinlarida ilk bora ishtirok etmoqda. U juftlik dasturida ham medallar uchun kurashda qatnashadi.