Nizomiydan Navoiygacha boʻlgan maʼnaviyat koʻpriklari

0
156
marta koʻrilgan.

Toshkent Davlat sharqshunoslik universitetida Islom Hamkorlik tashkiloti Yoshlar forumining Osiyo mintaqaviy boʻlimi bilan hamkorlikda Sharqning buyuk allomalari Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi va Alisher Navoiyning 580 yilligiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya onlayn va oflayn tarzda boʻlib oʻtdi.

“Nizomiydan Navoiygacha boʻlgan maʼnaviyat koʻpriklari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva, Ozarbayjon Respublikasining Oʻzbekistondagi  Favqulodda va muxtor elchisi Guseyn Guliyev, Islom Hamkorlik tashkiloti Yoshlar forumining Osiyo mintaqaviy boʻlimi raisi Elchin Askerov  qisqacha kirish soʻzi bilan qatnashib, ikki xalq doʻstligi, madaniy hamkorlik aloqalari qadimiy qadriyat ekanligi haqida gapirishdi.

Ilmiy –amaliy tadbirda  Ozarbayjon Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi, Qoʻlyozmalar instituti direktori Temur  Karimli, Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti mumtoz filologiya va adabiy  manbashunoslik kafedrasi mudiri R. Alimuhammedov hamda ushbu kafedra  prfessorlari, filologiya fanlari doktorlari Qosimjon Sodiqov va Boqijon Toʻxliyev, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hueuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori, prfessor Aftondil Erkinov kabi mutaxassislar ilmiy maʼruzalari bilan  ishtirok etishdi.

Shuningdek, ilmiy-amaliy anjumanda universitet talabalari Nizomiy va Navoiy sheʼrlarini ifodali oʻqib, tinglovchilarni xushnud etishdi.  Tadbir doirasida Islom madaniyati allomalariga bagʻishlangan va ingliz tilida chop etilgan kitobning taqdimoti ham oʻtkazildi.

Nodira SAʼDULLAYEVA, Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti oʻqituvchisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.