Nokautchi Isroil Madrimov yurtimizga qaytib keldi

0
327
marta koʻrilgan.

Professional boksda faoliyat yuritayotgan yurtdoshimiz Isroil Madrimov AQSHning Nyu-York shahrida meksikalik raqibiga qarshi oʻzining toʻrtinchi jangini gʻalaba bilan yakunlab, Oʻzbekistonga qaytib keldi.

Madrimov Nyu-York vaqti bilan 5 oktyabr kuni “Medison Skver Garden” arenasida meksikalik Alexandro Barreroga qarshi 10 raundga moʻljallangan jangni muddatidan avval yakunladi. Beshinchi raund davom etayotgan payt Barrero Madrimovning kuchli seriyalarini juda koʻp oʻtkazib yubordi va vaziyatni toʻgʻri baholagan referi bahsni toʻxtatishga qaror qildi. Shu tariqa Madrimov oʻzining toʻrtinchi jangida ham nokaut bilan gʻalaba qozondi. 

Shuningdek, vakilimiz oʻziga tegishli boʻlgan “WBA InterContinental “ kamarini ham himoya etdi.

Bokschimizni tantanali kutib olish marosimida Oʻzbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, sportchimizning yaqinlari, OAV vakillari va yuzlab boks ishqibozlari ishtirok etishdi.

J. Saʼdullayev tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.