“Nurli navolar” xalqaro folklor festivali

0
761
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 2 mart kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida belgilab bergan vazifalari va Xatirchi tumanida oʻtkazilgan yigʻilishdagi koʻrsatmalari ijrosini taʼminlash maqsadida respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan folklor jamoalari ishtirokida joriy yilning 30-31 may kunlari Navoiy viloyatining Nurota tumanida  va Navoiy shahrida “Nurli navolar” xalqaro folklor festivali oʻtkazildi, deya xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Folklor bayramiga Tojikiston, Afgʻoniston Respublikasidan mehmonlar tashrif buyurdi.

30 mart kuni Navoiy viloyati Nurota tumanida Qoraqalpogʻiston Respublikasining “Meyras”, Andijon viloyatining “Sayqal”, Buxoro viloyatining “Qasri Orifon”, Jizzax viloyatining “Oypari”, Namangan viloyatidan “Uychi tongi”, Navoiy viloyatidan  “Sardoba”,  Samarqand  viloyatining “Beshqarsak”, Sirdaryo viloyatining “Sayxun yigitlari”, Surxondaryo viloyatining “Boysun”, Toshkent viloyatining “Qurama”, Toshkent shahrining “Durdona”, Fargʻona viloyatining “Gulyor”,  Xorazm viloyatining “Navroʻz”, Qashqadaryo viloyatining “Rizvongul” kabi eng namunali folklor-etnografik jamoalarining 250 nafardan ortiq  qatnashchilari oʻz hududiga xos liboslar va qadimiy kuy-qoʻshiqlar asosida tayyorlangan dasturlarini namoyish etdilar.

Festivalda Germaniya, Fransiya, Xitoy, Koreya, Rossiya kabi 50 ga yaqin xorij mamlakatlaridan tashrif buyurgan sayyohlar va Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan chet el vakolotxonalarining vakillari ishtirok etishdi. Shubhasiz, folklor qoʻshiqlari ijrochilari ishtirokidagi “Nurli navolar” xalqaro festivali yurtimizning mustaqillik bayramiga munosib tuhfa boʻldi.  Bu tadbir yangi-yangi isteʼdod egalarini kashf etib, yoshlarimizni qadimiy sanʼatimizga boʻlgan qiziqishlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

 Festival doirasida “Alisher Navoiy” nomidagi madaniyat va istirohat bogʻining amfiteatrida el ardogʻidagi estrada xonandalari ishtirokida gala konsert namoyish etildi.

Festival yakunida  folklor jamoalarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.  Sirdaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi “Sirdaryo navolari” hamda “Sayxun yigitlari” folklor jamoalari faxrli birinchi oʻrinni egallashdi va I-darajali diplom bilan taqdirlandilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.