Nurxon Nafasov yana Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi prezidenti etib saylandi

0
176
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi majlislar zalida 16 may kuni Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasining navbatdan tashqari saylov Konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov, Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, karate boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi katta murabbiylari, federatsiyaning viloyat boʻlimlari rahbarlari, taniqli sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi.

“Karate bundan qandaydir 10-15 yil oldin ham Respublikamizda ommaviylik masalasida futboldan keyin ikkinchi oʻrinda turardi. Yurtimizda oʻn minglab yoshlar sportning ushbu jangovor turi bilan muntazam shugʻullanib kelishardi. Sportchilarimiz qitʼa va jahon chempionatlari, Osiyo oʻyinlari kabi nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishgan oʻsha davrda.

Ammo soʻnggi yillarga kelib, afsuski karate sport turi sifatida oʻz nufuzi va mavqeini anchagina yoʻqotib qoʻydi. Buning natijasida ommaviylik ham keskin kamaydi. Karate Tokio 2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritildi. Biz qisqa vaqt davomida federatsiyada islohotlarni amalga oshirib, ish tizimini butunlay qaytadan koʻrib chiqishimiz lozim”- dedi .- MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov.

Shundan soʻng, Konferensiyada federatsiya prezidenti lavozimiga 1996-2006 yillar mobaynida federatsiyani muvaffaqiyatli boshqarib, qator yutuqlarga erishgan mutaxassis, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi, qora belbogʻ 6-DAN sohibi Nurxon Ziyatovich Nafasov nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari ushbu nomzodni bir ovozdan qoʻllab quvvatlashdi va Nurxon Nafasov 12 yillik tanaffusdan soʻng yana Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi prezidenti etib saylandi.

 N.Nafasovga qisqa fursat ichida federatsiya faoliyatini tubdan isloh kilish, iqtidorli sportchilar tayyorlash tizimini yaratish, terma jamoa tarkibida raqobatni kuchaytirish, murabbiylar malakasini oshirish, Osiyo va Olimpiya kabi nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qila oladigan sportchilarni tarbiyalash vazifasi yuklatildi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.