OBODLIK KOʻNGILDAN BOSHLANADI

0
945
marta koʻrilgan.

Xotira va qadrlash kunini harbiy xizmatchilar oʻzgacha tadorik bilan qarshi olishmoqda. Ular joylarda oʻtkazilayotgan hayriya hasharlarida jonbozlik koʻrsatib, yurtimiz obodonchiligiga munosib hissa qoʻshmoqdalar.

Yakkasaroy tumanida joylashgan “Birodarlik qabristoni” harbiy majmuasida uyushtirilgan hasharda Toshkent shahar mudofaa ishlar boshqarmasi va tuman mudofaa ishlar boʻlimlari shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.

–  Hashar – halqimizga xos fazilat. U insonlar oʻrtasidagi yakdillik, birdamlikni ifoda etadi, – deydi Mirzo Ulugʻbek tuman mudofaa ishlar boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Shamsiddin Abdullayev. – Hashar  doirasida  mazkur  majmuada keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Daraxtlarning tagi yumshatildi, oqlandi, gulzorlar begona oʻtlardan tozalandi, yoʻlaklar supirildi. Qilingan mehnat samarasi birpasda boʻy koʻrsatdi. Atrof yanayam saranjom-sarishta, obod va koʻrkam boʻldi.

— Atrof-muhit tozaligi, obodonligiga erishish uchun har birimiz oʻzimizni masʼul deb bilishimiz lozim. Shundagina tabiat bilan yanada yaqin boʻlamiz, — deydi yana bir suhbatdoshimiz Mirobod tuman mudofaa ishlar boʻlimi boʻlinma boshligʻi isteʼfodagi podpolkovnik O. Qoraqulov. — Muborak bayram arafasida oʻtkazilayotgan bu kabi ezgu tadbirlardan oʻtganlarning ruhi ham shod boʻladi, albatta. 

Ezgu amallar bardavomdir. Dastlab “Birodarlik qabristoni” harbiy majmuasida oʻtkazilgan hashar poytaxtimizdagi boshqa qabristonlarda ham uyushtirildi. Mazkur tadbirlarda yuzlab harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilari faol  qatnashdi.

Obodlik koʻngildan boshlanadi, deydilar. Bu obodlik koʻngillardan koʻngillarga koʻchib, hayotimizga yanada chuqurroq kirib boraversin.

Kapitan Gulnora HOJIMURODOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.