Ogahiy tavalludining 210 yilligi

0
515
views

 Buyuk mutafakkir shoir, tarixchi va tarjimon Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy tavalludining 210 yilligi munosabati bilan   16-17 dekabr kunlari Xorazm viloyatida ADABIYOT BAYRAMI  oʻtkazilmoqda.

2019 yil 16 dekabrda Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Ogahiy ijodiga bagʻishlangan “Sheʼriyat shohsupasi”   tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda Urganch Davlat universiteti  rektori B.Abdullayev, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi   rahbari G.Ibodullayeva qatnashib, talabalarga ijodiy bellashuvlarda muvaffaqiyatlar tilashdi.

Kechqurun Viloyat Musiqali drama teatrida “Ogahiy  yohud taxt va baxt” spektakli namoyish etildi. Tadbirni  viloyat Madaniyat boshqarmasi boshligʻi Sh.Yaxshibayev,          viloyat musiqali drama teatri direktori D.Ibragimova qisqacha kirish soʻzi bilan ochib, buyuk alloma Ogahiy va uning hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna asarining yaratilishi haqida gapirdilar.

Bugun  ertalab Ogahiy yubileyiga kelayotgan mehmonlarni Urganch xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Tantanalar qadimiy Xiva shahrida davom qiladi.

R. Sapayeva

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here