Ogʻir atletika boʻyicha  Osiyo chempionati Toshkentda boʻlib oʻtadi

0
127
views

Toshkentda  2-10-fevral kunlari ogʻir atletika boʻyicha navbatdagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Unda yosh iqtidor egalaridan tortib Olimpiada chempionlarigacha qatnashadi.

Shuningdek, Parij-2024 Olimpiadasi uchun yirik reyting ochkolarini taqdim etadigan ushbu turnirda qitʼamizning eng sara sportchilari gʻoliblik uchun bahs olib borishadi.

 Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi mazkur chempionatda ishtirok etadigan mamlakatimiz sportchilari nomini eʼlon qildi. Unga koʻra chempionatda 15 yoshli iqtidorli yosh atletlardan tortib, Ruslan Nurudinov, Akbar Joʻrayev kabi Olimpiada chempionlari ham bellashadi.

Erkaklar bellashuvida oʻz vazni  boʻyicha qatnashuvchilar: Adhamjon Ergashev, Diyorbek Roʻzmetov, Husinboy Matrasulov, Doston Yoqubov, Muhammadqodir Toshtemirov, Sarvarbek Zafarjonov, Nursultan Esbergenov, Sunnatilla Oʻsarov, Akbar Joʻrayev, Ruslan Nurudinov, Sharofiddin Amriddinov, Rustam Jangaboyev.

 Ayollar bellashuvida esa Munisa Odilova, Jamila Panfilova, Nigora Abdullayeva, Lyudmila Elefteriadi, Shahnoza Jabborova, Ozoda Hojiyeva, Mashhura Rustamova, Rigina Adashbayeva, Nigora Suvonova, va Tursunoy Jabborova qatnashadilar.

GUJUM. UZ tahririyati Atletikachilarimizga  omadlar tilaydi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here