Ogʻir atletikachi qizlarimiz Belarusdagi xalqaro turnirda sovrindor boʻlishdi

0
124
marta koʻrilgan.

Belarus poytaxti Minsk shahrida ogʻir atletika boʻyicha xalqaro turnir boʻlib oʻtdi. Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan ushbu turnirda terma jamoamizning ikki vakili ham sovrindorlar qatoridan joy oldi.

 Qirq toʻqqiz vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nigora Abdullayeva dast koʻtarishda -73 kg, siltib koʻtarishda 90 kg, jami 163 kg natija bilan musobaqaning kumush medallariga sazovor boʻldi.

Oʻrta vazn toifasida  oltmish toʻrt kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Kumushxon Fayzullayeva dast koʻtarishda 98 kg, siltab koʻtarishda 120 kg va ikki kurash boʻyicha 218 kilogramm natija bilan musobaqaning kumush medaliga sazovor boʻldi.

Ushbu musobaqada ishtirok etgan ogʻir atletikachi qizlarimizning biri 15, yana biri 17 yoshli boʻlib kattalar bilan tengma teng raqobat olib borgani alohida taqsinga sazovor.

J. Saʼdullayev tayyorladi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.