Ohangaron shossesida uch qavatli transport bogʻlamasi quriladi

0
292
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Maxtumquli va Ohangaron koʻchalari kesishmasida quriladigan yoʻl oʻtkazgich loyihasi bilan tanishdi.

Ohangaron shossesi, Parkent va Temur Malik koʻchalari poytaxtimizning eng serqatnov yoʻllaridan. Toshkent mexanika zavodi hududi orqali Maxtumquli koʻchasi qurilgach, ushbu yoʻllar chorrahasida transportlar harakati yanada ortdi. 

Haydovchilarga qulaylik yaratish va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida bu yerda uch qavtli transport bogʻlamasi qurilishi rejalashtirilgan. Ohangaron shossesi va Parkent koʻchasi yoʻnalishida tunnel, Maxtumquli va Temur Malik koʻchalari koʻchalarini bogʻlovchi koʻprik qurilishi koʻzda tutilgan.

Bu transport bogʻlamasini qurishdan maqsad — Chorvoq va Chimyon hududini rivojlantirishga zamin yaratyapmiz. Hozir faqat Chirchiq shahri orqali oʻtadigan yoʻl bor. Dam olish mavsumida tirband boʻlib ketadi. Bu yangi yoʻl kelgusida katta yuklamani oʻziga olib, transportlarning, jumladan, xorijlik sayyohlarning Chorvoq hamda Chimyon hududiga tez va oson yetib olishini taʼminlaydi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Koʻprik va tunnelda qatnov olti qatorli boʻladi. Hisob-kitoblarga koʻra, barpo etiladigan yangi yoʻl Chorvoqqacha boʻlgan masofani 22 kilometrga qisqartiradi.

Davlatimiz rahbari Ohangaron shossesi boʻylab qurilayotgan yer usti xalqa metro liniyasiga doir loyihalar bilan ham tanishdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.