Guliston shahar 1-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi konsertlar zalida “Ohanglar sehri”milliy estrada ijrochilarining koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.
Koʻrik tanlovda Sirdaryo viloyatidagi 15 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamda Guliston shahar ixtisoslashtirilgan musiqa maktabidan tuman va shahar bosqichlarida gʻalaba qozongan 20 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Bellashuv ishtirokchilari xalq suyugan sanʼatkorlarning asarlarini ijro qilishdi.
Tanlovning asosiy maqsadi oʻquvchi yoshlarning isteʼdodi va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, Vatanni madh etuvchi eng yaxshi qoʻshiqlarni izlab topish, oʻquvchilarda oʻzlari tanlagan ixtisosliklarni chuqur oʻrganishga qiziqishini oshirish, oʻzbek musiqa madaniyatini yuksak darajaga koʻtarish, iqtidorli yoshlarni kashf etishdan iborat.
Tanlov gʻoliblari madaniyat boshqarmasining diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Mavluda Asqarxoʻjayeva