Oilaviy ajrimlarning asosiy sabablaridan biri

0
140
marta koʻrilgan.

Xalqaro press-klubning navbatdagi yigʻilishida xotin-qizlar va oila institutiga doir masalalar muhokama etildi. 

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida xotin-qizlar va yoshlarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish lozimligi alohida taʼkidlandi. Bu borada 2018 yilda koʻrilgan amaliy choralarga qaramasdan haligacha ogʻir turmush sharoitida yashab, ish bilan taʼminlanmagan 13 mingdan ziyod xotin-qiz borligi achinarli ekanligi qayd etilgan edi. 

Oila atalmish muqaddas qoʻrgʻonning tinchligi, totuvligi jamiyat taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatuvchi muhim omildir. Shu boisdan xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, nafaqat oilada, balki iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish yoʻlida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash eng ustuvor vazifa hisoblanadi. Prezidentimiz hududlarga tashrifi mobaynida xonadonlarni, oilalarni oʻrganish jarayonida ham birinchi navbatda ularning ijtimoiy masalasiga eʼtibor qaratmoqda. 

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyevaning soʻzlariga koʻra, ogʻir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarning borligi, sogʻliqni saqlash, taʼlim tizimi, maʼnaviyat sohasidagi muammolarning yigʻilib qolgani farzandlar, ayollar, oilalarga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozir ushbu muammolarni hal qilishga jadal kirishilgan. Bu borada birinchi qadam qoʻyildi. Ayollarimizning ijtimoiy muammolarini, uy-joy masalasini hal qilish, nogironligi boʻlgan ayollarga alohida eʼtibor qaratish, bundan tashqari, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash yoʻlida harakatlar qilinmoqda. Joriy yil davomida 2 ming 10 ta uy-joy qurilib, nogiron va muhtoj ayollarga berilishi rejalashtirilgan. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilorom Fayziyeva joriy yilda qonunchilikda ayollar masalasiga doir ishlab chiqiladigan meʼyoriy hujjatlar xususida soʻz yuritdi. 

Kuzatuvlar shuni koʻrsatmoqdaki, oilaviy ajrimlarning asosiy sabablaridan biri uchinchi tomonning aralashuvi ekan. Vaholanki, nikohning taqdirini faqat ikki kishi – shu nikohda boʻlganlar belgilaydi. Ana shulardan kelib chiqib, nikohning buzilishida aralashgan, ishtirok etgan uchinchi shaxsga nisbatan ham jazo qoʻllash, qonunlarda aks ettirish taklifi bildirildi. 

Mohigul Qosimova

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.