Mamlakatimizda er-xotin oʻrtasidagi munosabatlarni belgilashning huquqiy mexanizmi ming yillar avval shakllangan. Bunga qadimgi Soʻgʻdiyona hududida topilgan, VIII asrga mansub nikoh shartnomasi ham misol boʻla oladi.
Mazkur hujjat 1932 yilda Samarqand yaqinidan topilgan boʻlib, unda Uttekin ismli turk yigiti va Chata ismli soʻgʻd qizi oʻrtasidagi nikoh munosabatlari aks etadi.
Unda Uttekin Chatani sevikli xotin sifatida hurmat qilishi, oziq-ovqat, kiyim-kechak, taqinchoqlar bilan taʼminlashi, sevib ardorqlashi, Chata esa Uttakinni sevikli er sifatida hurmat va ehtirom bilan asrashi, erining baxt-saodati haqida qaygʻurishi, uning buyrugʻiga itoat qilishi lozimligi qayd etilgan.
Manbaa: Oʻzbekiston madaniy merosi
Tahririyatdan: Bu esa mamlakatimizda azal azaldan huquqiy ilmga, huquqiy munosabatlarga eʼtibor katta boʻlganligini ifodalaydi.