YUNYeSKO Bosh konferensiyasi tashabbusi bilan 1999 yildan boshlab, butun dunyoda 21 fevral – Xalqaro ona tillari kuni sifatida nishonlanadi.
Toshkent shahar “Bilim” axborot kutubxona markazida Xalqaro ona tillari kuni munosabati bilan axborot-bibliografiya boʻlimining mutaxassislari «Ona tili – qadriyatlar beshigi» nomli koʻrgazma tashkil etdilar.
Tadbirning maqsadi — oʻzbek tili madaniyatini targʻib qilish va koʻrgazmaga qoʻyilgan oʻzbek tilidagi lugʻatlar, ensiklopediyalar va unga bagʻishlangan turli xildagi nashrlardan kitobxonlarning samarali foydalanishiga imkoniyat yaratishdir.
Foydalanuvchilar bibliografik obzorni katta qiziqish bilan eshitdilar va koʻrgazmada taqdim etilgan adabiyotlardan yanada kengroq foydalanish imkoniyati yaratilganidan mamnunligini bildirishdi.
Hofizaxon Karimova,
markaz direktori