Oʻrganishlar oʻz natijasini bermoqdami?

0
82
marta koʻrilgan.

 Mamlakatimizda milliy tilimizning rivoji va ravnaqi, davlat tili sifatida barcha jabhalarda mustahkam oʻrin egallashiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Shu vaqtga qadar bu  borada bir qancha samarali ishlar amalga oshirilib,  xalqimizga, qolaversa, tilimiz fidoyilari, jonkuyarlari va til  mutaxassislariga ham keng imkoniyatlar yaratildi.

Bugun Yakkasaroy tuman hokimining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi D.Ismoiljonova tomonidan tumandagi Shota Rustaveli koʻchasi atrofida bir qator savdo shoxobchalari, doʻkonlar, maishiy xizmat koʻrsatish uylari va koʻcha yuziga ilingan har xil mazmundagi  reklama bannerlari, eʼlonlar va peshlavhadagi yozuvlarning  holati va Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun va  hujjatlarga qanchalik mosligi yuzasidan oʻrganish ishlari oʻtkazildi.

Oʻrganish davomida Shota Rustaveli koʻchasi atrofida turli  xildagi savdo- sotiq bilan shugʻullanuvchi 15 nafardan ortiq tadbirkorlar, sotuvchilar bilan uchrashib, “Davlat tili haqidagi” Qonun, Farmon va Qarorlarning mazmun- mohiyati va bugungi kun talablaridan kelib chiqib faoliyat olib borish lozimligi tushintirildi.

Shuningdek reklama beruvchi tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarning vakillari bilan muntazam tushuntirish ishlarini yoʻlga qoʻyish lozimligi taʼkidlandi.

Avvalo, ogahlantirish kerak edi. Ogohlantirildi.  Oʻrganishlar, tushintirishlar oʻz natijasini beradi, deya umid qilamiz.

Toshkent shahridagi  Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.