Orol dengizining qurigan maydonlariga saksovul ekish ishlarida hasharchilar ham faol ishtirok etmoqda.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, bu tadbirlarda jami 1 ming 100 ga yaqin kishi qatnashmoqda. Ularning 200 nafari tayyor urugʻni qoplarga joylashtirsa, 775 kishi yerni tayyorlash va ekishda ishtirok etayotir. 70 ga yaqin kishi Orol boʻyidagi uchastkalarga oʻtin zaxirasi yaratish uchun koʻmaklashmoqda. Shuningdek, 549 texnika, 2 samolyot jalb etilgan.
Saksovul ekish uchun jami 326 ming gektardan ziyod yer maydoni tayyorlangan. Qariyb 103 ming 300 gektar maydonga 412 ming 300 kilogramm saksovul urugʻi ekilgan.
Shu kungacha jami 622 ming 500 kilogramm saksovul urugʻi tayyorlangan. Urugʻ tayyorlashda Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari faol qatnashmoqda.