Orolboʻyi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi

0
253
marta koʻrilgan.

 Nukus shahrida Orolboʻyi mintaqasida aholi salomatligi va atrof-muhitni sifatini oshirish, mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida BMT shafeligida yuksak darajadagi “Orolboʻyi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi” Xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Xalqaro anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasining Oʻzbekistondagi boʻlinmasi hamda xalqaro tashkilotlarning koʻmagi ostida tashkil etildi.

Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasi (DBRK) Orol dengizi havzasi  masalalari boʻyicha Davlatlararo kengashning qarori (1994 yil 19 iyul, Ashxobod) bilan tashkil etilgan. Mazkur Komissiyaga Markaziy Osiyo davlatlarining atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasida muvofiqlashtirish, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yuklatilgan.

DBRK asosiy vazifalari barqaror rivojlanishning mintaqaviy strategiyasini ishlab chiqish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda barqaror rivojlanish sohasida mintaqaviy dasturlar, harakatlar rejasi va loyihalarni boshqarish, transchegaraviy ahamiyatga ega boʻlgan tabiatni muhofaza qilish sohasidagi konvensiyalarning amalga oshirilishidagi xatti-harakatlarni muvofiqlashtirishdan iborat.

Anjuman davomida ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun sharoit yaratish, «yashil iqtisodiyot», ekologik toza, energiya va suv tejaydigan texnologiyalar tamoyillarini kompleks tatbiq etish, ekoturizmni rivojlantirish va boshqa masalalar muhokama qilinadi.

Shuningdek, xalqaro konferensiya doirasida Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasiga raislik qilish vakolati Turkmanistondan Oʻzbekiston Respublikasiga uzatish hamda Birlashgan millatlar tashkiloti Yevropa iqtisodiyoti komissiyasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi ham imzolandi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.