Tailandda yoshlar va kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati oʻtkazilmoqda . Slalom bahslaridan soʻng baydarka va kanoye boʻyicha musobaqalarda sportchilarimiz kunning birinchi yarmidagi dasturda 5 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza, jami 11 ta medalni qoʻlga kiritishdi.
Buyenos-Ayres-2018 oʻsmirlar Olimpiadasi chempioni Gulbahor Fayziyeva kattalar toifasida ham qitʼa birinchiligining oltin medaliga sazovor boʻldi.
Sportchilarimiz kunning ikkinchi yarmida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, yana 6 ta medalga sazovor boʻlishdi. Yosh kanoyechilarimizdan tuzilgan toʻrtlik ekipaj oʻz yosh toifalarida barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor boʻldi. Shuningdek, jamoamiz hisobiga yana 4 ta kumush va 1 ta bronza medallari ham yozib qoʻyildi.
J. SAʼDULLAYEV tayyorladi.