Bugun Eronda oʻtkazilgan yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan yengil atletikachilarimiz yurtimizga qaytib keldilar.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimiz tantanali kutib olindi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida ikkita oltin, bitta kumush medalini qoʻlga kiritdi.
Balandlikka sakrash bahslarida Nadiya Dusanova, yadro uloqtirishda esa Yelena Smolyanovalar oltin medalni terma jamoamiz hisobiga qoʻshib qoʻygandilar.
Koʻpkurashda qatnashgan Aleksandra Yurkevskaya esa kumush medal sohibiga aylangandi.
Oʻz oʻrnida Milliy olimpiya qoʻmitasi ham Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimizni tabriklab qoladi.
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati