Osiyo chempionatida yurtimiz merganlari 21 ta medal bilan 2-oʻrinni egallashdi

0
170
views

Qozogʻistonning Chimkent shahrida oʻq otish sporti boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionati oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida tashkil etildi.

Unda qitʼamizning 300 nafardan ortiq sara merganlari bahs olib bordi. Yakunda Oʻzbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 11 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor boʻldi. Eng  ahamiyatlisi, ushbu medallar tufayli  umumjamoa hisobida Osiyoda ikkinchi oʻrinni egallashdi. 

Sportchilar orasida Nigina Saidqulova 2 ta oltin, Aleksandra Davidova 1 ta oltin va 1 ta kumush, Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi, “Kelajak bunyodkori” medali sohibasi Muxtasar Tohirova 2 ta kumush medalini qoʻlga kiritdi.

Gujum.uz

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here