Osiyo chempionatida tarixiy natija qayd etgan qilichbozlarimiz «Spark» avtomobillari bilan taqdirlanishdi

0
127
marta koʻrilgan.

Qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va kadetlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida oʻzbekistonlik sportchilar  musobaqaning jamoaviy bahslarida kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritib, oʻzbek qilichbozligi tarixida yangi sahifa ochishga muvaffaq boʻlishdi. 

Zero shu paytga qadar qilich (sablya) yoʻnalishida hamyurtlarimiz Osiyo miqyosida birorta medalga ega boʻlishmagandi.  Bugun musobaqada ishtirok etgan qilichbozlarimiz Oʻzbekistonga qaytib kelishdi.

Sportchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.
 
Ular sayyoxlik avtobuslarida Toshkent koʻchalari boʻylab navbatdagi manzil — «Paxtakor» stadioni tomon yoʻl oldilar. U yerda Osiyo chempionati sovrindorlari va ularning ustozlarini taqdirlash uchun tadbir tashkil etildi.
 
 Osiyo chempionati sovrindorlari va ularning ustozlariga maxsus sovgʻa — «Spark» va «Cobalt» avtomobillari kaliti topshirildi. Aniqrogʻi, jamoaviy bahslarda kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan har bir sportchiga «Spark», ularni tarbiyalagan ustozlariga esa «Cobalt» avtomobillari tortiq etildi.
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.