Oybek uy-muzeyida adibning tavallud kuni nishonlandi

0
250
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli Oybek uy-muzeyida Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek tavallud topgan sana 10 yanvar munosabati bilan yozuvchilar, olimlar, adibning yaqinlari hamda Toshkent shahar maktab oʻquvchilari toʻplanishdi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari, shoir Minhojiddin Mirzo Oybekning oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni haqida soʻzladi. Adabiyotshunos olim, akademik Naim Karimov kelgusi yilda adibning 115 yilligi nishonlanishi munosabati bilan  «Tanlangan asarlar toʻplami» ustida ish boshlanganligini taʼkidladi. Yozuvchi Ulugʻbek Hamdam Oybekka “mustabid tuzum davrida ham oʻzligini yoʻqotmagan adib” deb taʼrif berdi.

Maktab oʻquvchilari yaqinda Davlat dasturi asosida kapital taʼmirdan chiqqan uy-muzeyining ekspozitsiyasi bilan tanishishdi.

Muzey direktori Oynur Toshmuhammedova oʻz soʻzida 2019-yilda muzeyda audiogidli sayyohatlarni tashkil etish, yangi texnik vositalar bilan jihozlanish rejalashtirilganligini taʼkidladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.