Ozarbayjonlik mehmonlar Oʻzbekiston mahsulotlari bilan tanishdi

0
115
marta koʻrilgan.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev davlatimiz rahbari hamrohligida Toshkent shahridagi Texnopark faoliyati bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Bugun Koʻksaroyda boʻlib oʻtgan muzokaralarda ikki mamlakat oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Yurtimizdagi erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar buning uchun qulay maydon.

Poytaxtimizdagi Texnoparkda umumiy qiymati 365 million dollarlik 17 ta loyiha yoʻlga qoʻyilgan. Bugungi kunda shundan 13 tasi ishga tushgan boʻlib, elektron gaz hisoblagich, muzlatgich, sanoat konditsionerlari va sovutish tizimlari, lift va eskalatorlar, suv nasoslari, eshik va deraza romlari uchun aksessuarlar yasalmoqda. Bu tovarlar xorijiy brendlar nazorati ostida tayyorlanishi bois mintaqa bozorlaridan oʻrin egallamoqda.

Bu yil izolyasiya mahsulotlari, suv isitish uskunalari, oshxona texnikasi korxonalari hamda logistika markazi foydalanishga topshiriladi.

Ozarbayjon Prezidenti va mehmonlarga bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning afzalliklari haqida soʻzlab berildi.

Davlat rahbarlari sanoat sohasi mutasaddilariga birgalikda ishlab, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, sanoat kooperatsiyasi va savdoni kengaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.