Oʻzbek chavandozlari xalqaro musobaqada gʻolib

0
88
marta koʻrilgan.

Moskva shahridagi “Otrada” ot sporti klubida konkur yoʻnalishi boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda oʻzbekistonlik chavandozlar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Musobaqaning birinchi kuni CSI2*-W dasturi vakillari  uchun omadli oʻtdi. Unda ishtirok etgan Nurjan Tuyakbayev oltin, Aʼzam Tolibboyev esa kumush medalga sazovor boʻlishdi. Shuningdek, toʻrtinchi va beshinchi pogʻonalarni ham hamyurtlarimiz band etishdi. Shu kuni CSI1* yoʻnalishida oʻz omadini sinab koʻrgan Xurshidbek Alimjonov bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Ikkinchi kun dasturida Xalqaro toifadagi sport ustasi Xurshidbek Alimjonov CSI 1*-125 dasturida oltin medalni naqd qildi. Nurjan Tuyakbayev esa CSI2*-W 145 dasturida shohsupaning ikkinchi pogʻonasiga koʻtarildi.

 gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.