Oʻzbek mualliflik kinosi anʼanalari: kecha va bugun

0
244
marta koʻrilgan.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tashabbusi bilan Respublika Yoshlar ijod saroyida oʻzbek filmlarining eng sara 100 talik toʻplami milliy telekanallarga taqdim etish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ushbu filmlar orasida ilgari telekanallar orqali efirga uzatilmagan koʻplab noyob filmlar ham mavjud.

Prezidentimizning yangi rekonstruksiya qilingan “Oʻzbekfilm” kinostudiyasiga tashrifi davomida eng sara milliy filmlar 100 taligini tuzish va efirga uzatish yuzasidan vazifa belgilangan edi. Mazkur vazifa yuzasidan “Oʻzbekkino” MA tomonidan maxsus komissiya tuzilib, filmlar yuztaligi tuzib chiqildi.

Tadbirda Agentlik filmlar jamlanmasini davlat va nodavlat telekanallariga tantanali ravishda topshirdi. Yangi – 2021 yilda ushbu eng sara milliy filmlar ushbu telekanallarda efirga uzatiladi.

“Yangi Oʻzbekiston – oʻzbek milliy kinematografiyasi shonli tarixi va rivojlanish bosqichlari” nomli ilmiy-amaliy konferensiya doirasida tashkil etilgan konferensiya ochilishida Xudoybergan Devonov va oʻzbek milliy kinematografiyasining tugʻilishi haqidagi rolik taqdim etildi.

Shundan soʻng malakali kinoshunos va mutaxassislarning “Oʻzbek mualliflik kinosi anʼanalari: kecha va bugun”, “Xorijda saqlanayotgan oʻzbek filmlarini qaytarish boʻyicha”, “Oʻzbek kino sanʼatining rivojlanishi: 1950-1960 yillar kinematografiyasi”, “1970-1980 yillarda oʻzbek kinematografiyasi”, “Mustaqillik yillari oʻzbek milliy kinosi” kabi dolzarb mavzudagi maʼruzalari tinglandi.

Tadbir doirasida “Oʻtganlarni xotirlash – ulugʻ amallardandir” nomli videorolik, “2020 yilda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”, “Oʻzbek kinosining 100 ta mumtoz namunasi” taqdimoti hamda “CinemaTop-2020” taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.  

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Behzod Musayev ishtirok etdi.

Eslatib oʻtamiz: 2019 yil bahorida «Oʻzbekkino» Milliy agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasi tashkil qilingan edi.

Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasi tomonidan sayyoramizning nufuzli Oskar mukofotining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga Oʻzbekiston nomidan «Oʻzbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Fox music cinema» studiyasi tomonidan suratga olingan Yolqin Toʻychiyevning “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi tanlandi.

93-Oskar taqdirlash marosimi 2021 yilning 25 aprel kuni Los-Anjeles shahrining mashhur “Dolby” teatrida boʻlib oʻtadi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.