“Oʻzbek oshxonasi” turkumida pochta markalari chop etildi

0
367
marta koʻrilgan.

Sharqda oʻzbek oshxonasi oʻziga xos xususiyatlaridan yorqinligi, shirinligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Oʻzbek oshxonasini dunyoda barchalar sevib istyemol qilishi bejiz emas.

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018 yil 16 yanvardan “Oʻzbek oshxonasi” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 2 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida Oʻzbek milliy taomlardan: palov va somsa tasvirlangan.

Pochta markalarning adadi 8 ming nusxa. Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar oʻrnatilgan.

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ axborot xizmati.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.