Oʻzbek tilining nufuzini yanada yuksaltirish yoʻlidagi saʼy-harakatlar

0
180
marta koʻrilgan.

Toshkent shahrida “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga mosligini oʻrganish va taʼminlash masalasiga juda katta eʼtibor qaratmoqdamiz. Jumladan,  Mirobod tumanida ishchi guruh tomonidan markaziy koʻchalardagi peshlavhalar, eʼlonlar, reklamalar matnlarining davlat tilida yozilishi, imlo qoidalariga rioya etilishi oʻrganildi.

Oʻrganishlar natijasida xorijiy tilda va xato yozilgan 637 ta tashqi yozuvlar aniqlandi. 509 ta tashqi yozuv va axborot matnlari davlat tiliga moslab oʻzgartirildi

Xususan, “ “ZARINA BEAUTY SALON” peshlavhasi “Zarina goʻzallik saloni”, “ Sloyonnaya samsa” – “Somsa”, bir necha “Apteka” peshlavhalari “Dorixona”, “Vsyo dlya doma” – “Hamma narsa uy uchun”… deb oʻzgartirildi.

Bundan tashqari Magnit, Korzinka.uz savdo majmualaridagi tashqi yozuvlar, lavhalar, eʼlonlar, narxnomalar va boshqa koʻrgazmali axborot matnlari lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga oʻzgartirildi.

Chunki, bugungi globallashuv jarayonida, axborot texnologiyalari taraqqiyoti davrida tilning sofligini saqlab qolish, uni milliy boylik sifatida asrab-avaylab, kelgusi avlodlarga yetkazish masalasi juda muhimdir.

Akmal ROʻZITOYEV, Toshkent shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini  oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.