«Oʻzbek xalq ijodi yodgorliklari» 100 jildlik majmuaning dastlabki 15 jildi nashrdan chiqdi

0
243
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimidagi Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan «Oʻzbek xalq ijodi yodgorliklari» nomli 100 jildlik majmuaning dastlabki 15 jildi nashrdan chiqdi.

Mazkur loyiha 2015 yilda boshlangan. Muhtasham turkumga oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi asarlarining eng mukammal namunalari qamrab olinadi.

Ushbu nashrning 59 jildi dostonlar, 10 jildi xalq qoʻshiqlari, 12 jildi ertaklar, qolgan jildlar esa terma, afsona, rivoyat, naql, maqol, topishmoq, askiya, lof, latifa, ogʻzaki drama, bolalar folklori va boshqa janrlarni oʻz ichiga oladi.

100 jildlikni tayyorlab chop etishdan koʻzlangan asosiy maqsad — asrlar osha ogʻizdan-ogʻizga oʻtib kelayotgan boy madaniy merosimizni asrab-avaylab, yozma holatdagi jamlanmasini kelajak avlodga yetkazish. Umid qilamizki, xalqimiz, ayniqsa kelajak avlod tarixiy qadriyatlarimiz, oʻlmas maʼnaviyatimiz haqida toʻla tasavvur va bilimga ega boʻladi.

Oʻzbek folklorshunosligi tarixida ilk bor nashrga tayyorlayotgan yana oʻnlab dostonlar bor. Ayni kunlarda mazkur kitoblarning navbatdagi jildlarini tayyorlash ustida ishlar jadal suratlarda olib borilmoqda. Joriy yilning soʻngiga qadar yana 5 ta jildini tayyolab, umumiy hisobda jami 20 jilddan iborat «Oʻzbek xalq ijodi yodgorliklari» tayyorlanib, muxlislar eʼtiboriga havola etish rejalashtirilgan.

Manbaa: AOKA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.