Oʻzbek xalqining buyuk shoiri va tarjimoni Muhammadrizo Ogahiy tavalludining 214 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyatida koʻplab tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.
Urganch davlat universitetining madaniyat saroyida bugun «Ogahiy ijodini tadqiq etishning dolzarb masalalari» mavzusida ilmiy amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Viloyati maktablarining oʻquvchilari oʻrtasida esa “Ogahiy gʻazallarining mohir ijrochisi ” mavzuida tanlov va adabiy kecha uyushtirildi.
Tanlovda Urganch tumani 14-umumtaʼlim maktabi 9-sinf oʻquvchisi Baxtiyorova Dilnura oʻz mahoratini, oʻzligini namoyon etib, gʻolib boʻldi.
Xonqa tumanidagi 25-maktabning 8-sinf oʻquvchisi Sotimova Shoira ikkinchi oʻrinni egalladi.
Qoʻshkoʻpir tumanidagi 18-umumtaʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi Gulimboyeva Qurbonjonga uchinchi oʻrin nasib qildi.
Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan qimmabaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
gujum.uz