Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi «Womenʼs Olympic Football Tournament Paris 2024» turniri doirasida Butanga qarshi bahs olib bordi.
Shu bilan Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarining ayollar futboli boʻyicha Osiyo mintaqasi saralash bosqichidagi ishtirokini boshladi.
Uchrashuvda sportchilarimiz Butan darvozasiga javobsiz 9 ta toʻp kiritdi. Butan sportchilarining darvozasiga toʻplarni Diyora Habibullayeva, Lyudmila Karachik, Aziza Norboyeva va Maftuna Shoyimova kiritdi.
Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasiga Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishiga erishishida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Gujum. uz