«Oʻzbekiston ayollari» kitob-albomning taqdimoti

0
627
marta koʻrilgan.

“Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va bir qator manfaatdor vazirlik, idoralar bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan «Tashkent book fest – 2019» 1-Xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasining ikkinchi kunida «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan 2019 yilda nashrga tayyorlangan uch tildagi «Oʻzbekiston ayollari» («Jenshʼiniʼ Uzbekistana», «Women of Uzbekistan») nomli kitob-albomning taqdimoti boʻlib oʻtdi.

 

Kitob-albom Oʻzbekiston Xotin-qizlari qoʻmitasi tavsiyasiga asosan hamkorlikda nashrga tayyorlandi. Tadbirni Oʻzbekiston respublikasi bosh vaziri oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Bositxonova ochib, oʻz maʼruzasida bugun mamlakatimizda xotin-qizlarning mavqeini oshirish va qoʻllab quvvatlash, ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy jarayonlarda toʻliq ishtirok etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilganini, ayollarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan davlat dasturlari, muhim qarorlar qabul qilinganini taʼkidladi.

Ana shu ulugʻvor islohotlarni amalga oshrishga munosib hissa qoʻshgan va qoʻshayotgan Oʻzbekiston Qaxramoni, Oʻzbekiston fan arbobi, Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi, Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston xalq artisti kabi yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan tashabbuskor, izlanuvchan, salohiyatli ayollar «Oʻzbekiston ayollari» toʻplamidan joy olganligini va bu kitob nashri davom etishini gapirib oʻtdi.

Kitob-albom yetti yoʻnalishdan iborat boʻlib, uning birinchisida nomlari tarix zarvaraqlariga muhrlangan, munosib izlar qoldirgan momolarimiz xotirasi eʼzozlanadi. Keyingi sahifalarda esa xalq orasida obroʻ-eʼtibor qozongan yuzlab ayollarning mehnatlari hurmat — ehtirom bilan samimiy eʼtirof etiladi.

Oʻzbekiston Xotin-qizlari qoʻmitasi tashabbusi bilan chop etilgan ushbu kitob-albomga kirgan ayollarning hayoti, faoliyati oʻsib kelayotgan yosh avlodlarning kamolatiga munosib namuna boʻladi.

Raʼno ZARIPOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.