Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi Yevropa federatsiyalaridan biri bilan memorandum imzoladi

0
208
marta koʻrilgan.

Yurtimizda nafaqat yakkakurash, balki Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan boshqa sport turlarini rivojlantirish borasida ham qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, chim ustida xokkey federatsiyasi mutasaddilari ham ushbu sportni yurtimizda rivojlantirish va terma jamoamizni yanada kuchaytirish borasida izchil ishlab olib bormoqda.

Ayni paytda Belarus Respublikasida boʻlib turgan Oʻzbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi rahbari Bahodir Ahmedov ushbu mamlakat federatsiyasining raisi Aleksandr Yekimenko bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, birgalikda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish kabi masalalar xususida muzokara olib borildi.

Muzokara yakuniga yetgach, har ikki tomon oʻrtasida memorandum imzolandi. Unga koʻra, ikki tomon kelajakda oʻzaro chuqur hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, jumladan, terma jamoamiz murabbiylarini Belarusdagi oliy-oʻquv yurtlarida malaka oshirishga joʻnatish kabi bandlar keltirib oʻtilgan.

Milliy Olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.