Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Birlashgan Arab Amirliklarining Oʻzbekistondagi elchixonasi ishtirokida “Xalqaro kitob kuni”ga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov tadbirni ochib berdi. Shundan soʻng, BAAning Oʻzbekistondagi elchixonasining iqtisodiy, siyosiy va ommaviy axborot vositalari boʻlimi boshligʻi Mohamed Alzaheriy soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi xalqaro hamkorlik haqida maʼlumot berdi.
2-kurs talabasi Rashidova Aminaning Xalqaro kitob kuniga bagʻishlangan “Kitob oʻqish foydasi” haqidagi taqdimoti, BAA Vitse-Prezidenti Bosh Vazir Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad Bin Rashid Ol Maktum janobi oliylari qalamiga mansub “Qissati” (“Mening hikoyam”) nomli asari haqida talabalarning arab tilidagi chiqishlari, 2-kurs talabasi Choriqulova Shahrinoza ijrosida oʻzbekcha raqs kabi taqdimot va chiqishlar dasturdan oʻrin oldi.
Tadbirda talaba yoshlar oʻz iqtidorini namoyon qilishdi. Uchrashuv va tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.
GUJUM.UZ