Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida  yangi «Media studiya»  tashkil etildi

0
244
marta koʻrilgan.

Qurbon hayiti arafasida  Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida AQSH elchixonasi hamkorligida amalga oshirilgan 20 ming AQSH dollariga teng loyiha doirasida Media va kommunikatsiya fakultetida «Media studiya» oʻz faoliyatini boshladi.

«Media studiya» ning tantanali  ochilishi marosimiga AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasining taʼlim va madaniyat boʻyicha atteshi Sara Talalay va ELP (English Language Program) kordinatori Feruz Akobirov tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif davomida fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar namoyish etildi. Sara Talalayning shaxsan oʻzi ham jarayonda ishtirok etdi va bu ijodiy muhitdan mamnunligini bildirdi.

Bundan tashqari, mehmonlar AQSH elchixonasi tomonidan «AYESS» dasturi doirasida tahsil oladigan tinglovchilar uchun 190 ta kitob hadya etishdi.

Ushbu bilim va taʼlim maskani talabalarda katta qiziqish uygʻotmoqda. Media studiya talabalarni oʻz kasbining yetuk vakili boʻlib yetishishiga munosib hissa qoʻshaversin, deya ezgu tilak bildiramiz.

gujum. uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.